Tahorat haqida. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Tahorat haqida. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Xususiy shakli sifatida tayammum koʻriladi. Islomda tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mash tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari ham boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; tahorat qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan koʻpi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqtida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi. #tahorat #namoz #namoz oqish #islom #Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf#hazrat #islom.uz #qori #islamic world #din #musulmon #muomala sirlari #muomala madaniyati #muomala odobi #muomala sanati #muomala madaniyati haqida #muomala psixologiyasi #muomala massa #муомала маданияти #муомала масса #муомала сирлари #муомала одоби #шайх хазратлари маърузалари #шайх хазратлари кадр кечаси хакида #shayx muhammad sodiq muhammad yusuf maruzalari #shayx muhammad sodiq muhammad yusuf janozasi #tarbiya haqida maqollar #tarbiya fani #erga muomala #ayolga muomala #муомала #muomala #hazrat muhammad sodiq muhammad yusuf