Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, ellik oyatdir. Sura Qiyomat qoyim bo‘lishi haq ekanligini ta’kidlaydigan oyatlar bilan boshlanib, so‘ngra u Kun kelgan vaqtida ro‘y beradigan xoriqul-odat voqea-hodisalar bayon qilinadi. Bu surada dinsizlik oqibatida halokatga duchor bo‘lgan avvalgi qavmlar haqida xabar berilib, kishilarni iymon-e’tiqodga da’vat qilinadi va har bir insonni Alloh taolo O’z qudrat qo‘li bilan bir tomchi suvdan yaratib, komil insonga aylantirgani alohida ta’kidlab o‘tiladi. Sura davomida Qiyomat kunini yolg‘on deguvchilar o‘sha Kunda halokatga duchor bo‘lishlari bot-bot (suraning o‘n oyatida) takrorlanib boradi. Sura o‘zining ilk oyati nomi bilan «Val-mursalot — Yuborilgan (shamollar)ga qasam», deb ataladi. Alouddin Mansur tarjimasi Raad Mohammad al Kurdi tilovati